Troll.uz loyihasi muallifi Umid Ğafurovning fikriça, suratni tarqatgan tuman hokimligi matbuot xizmati holat jamoatçilik örtasida e’tiroz va istehzolarga sabab bölişi mumkinligini oldindan köra bilişi kerak edi.
— Umuman olganda, köçalarni asfalt qiliş, biror obektni foydalanişga topşiriş olamşumul yangilik emas (hokim tadbir asfalt bilan boğliq bölmaganini aytmoqda, batafsil quyiroqda – tahr.) Ammo bizda bu kabi istalgan jarayonni tadbirga aylantirib yuboriş heç gap emas. Bu xato, nazarimda.
Aholi yaşaş punktlarining asfaltlanişi davlatning majburiyati bölib, uni hokim kelib oçib berişi maqsadga muvofiq emas. Yana bir tarafdan, hokim menga gilam töşab beringlar deb aytmagan bölişi mumkin. Ammo u oyoq ostidagi gilamni körganda uni oldirib taşlaş haqida öylab ham körmagan. Aslini olganda 10-20 kişidan iborat yiğinda na gilamga, na mikrofonga hojat bor edi.

Andijondagi voqeani olaylik. U yerda ham hokim fuqarolarni qabul qiliş jarayonida alohida ayvonçada ötirganini köriş mumkin. Balki ular şunday takallufga örganib qolişgandir. Bu bizning xalqimizda bor odat. Agar yuqori lavozimli insonni körib qolişsa, unga alohida munosabatda bölişadi. Rahbarlarga ham bu muomala yoqsa kerakki, bunga heç qanday qarşilik körsatişmaydi. Şuning uçun ham köçalarimiz asfaltlanişini ham bayramdek qabul qilişga odatlandik.
Bu bilan amaldorlar özlarini xalqdan ustun qöyayotganliklarini körsatib qöyişmoqda. Aslida ular bizning xizmatkorlarimiz. Ularning oyliklari biz tölayotgan soliqlar tomonidan qoplanadi. Buni yoritişimdan maqsad biror ğarazlik emas, balki notöğriligini odamlarga körsatiş edi.
Neça yillardan beri hokimlar xalq tomonidan saylanadigan böladi deyişadi. Balki özim körmasman buni. Farzandlarim körar. Şunda vaziyat özgarişi mumkin.














