Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qabullariga kelgan fuqarolar ayvonçada ötirgan hokimga röpara bölmoqda va ularga suhbat paytida ayvonça ostonasidan joy berilyapti.
Hokimlik matbuot xizmati e’lon qilgan rasmlardan körinişiça, hokim ayvonda, qabulga kelgan fuqarolar esa ayvonning taşqarisida ötirgani bir neçta qabullarda kuzatilgan.



Xususan, 6 avgust kungi qabulda ham tuman hokimi fuqarolar bilan oraliq masofani juda katta saqlaganini köriş mumkin. 20 avgustdagi hokim qabulida ham fuqarolarga poygakdan joy qilib berilgan.
Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida muhokamalarga sabab böldi. “Örta asr xonliklari davrini eslatmoqda” deb yozdi foydalanuvçilardan biri izohlarda. “Hokim emas, xon!” – deb yozgan boşqa bir foydalanuvçi.
Ayrim foydalanuvçilar davlat rahbari takror-takror amaldorlarni xalqqa yaqin bölişga çaqirayotganini eslab ötgan. Yana boşqalar esa buni hokimlar saylanmaganining navbatdagi oqibati demoqda.
Köplab hududlar hokimlari fuqarolar bilan uçraşuv va qabullarda yuzma-yuz ötirib, ular bilan yaqin ekanliklarini ifoda etayotgan bir vaqtda, Andijon tuman hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning bunday yöl tutişini jamoatçilik tanqidiy kutib olgan.





















