Alimov sözlariga köra, taşkilotning dunyodagi ahamiyati ösib bormoqda. Uning nufuzini Samarqand sammitida iştirok etayotgan davlatlar rahbarlari tarkibi ham tasdiqlaydi.

"ŞHT sammiti nafaqat Eronni taşkilotga qabul qiliş töğrisida qaror qabul qilişi, balki, katta ehtimol bilan, keyingi nomzodni qabul qiliş tartibini boşlaş masalasini muhokama qilişi kutilmoqda", - dedi Alimov.

Uning qöşimça qilişiça, hozirda taşkilotga a’zo bölişni istagan davlatlarning 10 ga yaqin arizasi "iş stoli”da.

"ŞHT na harbiy-siyosiy, na iqtisodiy ittifoqdir. Uning kuçli jihati — iştirokçi davlatlar tengligi va birligi ", - deya ta’kidladi ekspert.

Taşkilotning Samarqand sammiti dunyo tinçligi, xalqaro xavfsizlik va butun insoniyat sivilizatsiyasi kelajagi uçun muhim ahamiyatga ega böladi, dedi ekspert.

Bundan oldin ŞHT Samarqand sammitida Eron yangi doimiy a’zo sifatida taniştirilişi xabar qilingandi.