Erdöğan Anqara Rossiyadan ğalla eksporti tez orada boşlanişini kutayotganini ta’kidladi, deb yozadi NTV.

«Biz don yetkazib berişni Rossiyadan ham boşlaşni xohlaymiz. Şuni kutyapmiz. Bu yerda keçikiş bor. Buni bartaraf etiş uçun Samarqandda Putin bilan bu masalalarni batafsil muhokama qilamiz», dedi u Zagrebda Xorvatiya prezidenti bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida. 

Avvalroq Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbining Ukraina portlaridan jönatilayotgan ğalla Afrikaning eng muhtoj mamlakatlariga bormayotgani haqidagi gaplariga qöşilgandi.

Putinning Şarqiy iqtisodiy forum doirasida aytişiça, Ukraina ğallasining muhim qismi Yevropa ittifoqiga ketyapti. 

«Putinning don yölagi orqali yetkazib beriş qaşşoq mamlakatlarga emas, asosan rivojlangan mamlakatlarga amalga oşirilayotgani haqidagi gaplari töğridir», - deya Erdöğan Putinning sözlariga izoh berdi. 

Ikki prezidentning uçraşuvi Samarqandda bölib ötişi kutilmoqda.