Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III televideniye orqali millatga ilk murojaati bilan çiqdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Qirol nutqini onasi, qiroliça Yelizaveta IIni xotirlaş bilan boşladi.
«Qiroliça Yelizaveta munosib hayot keçirdi. U bergan va’da bajarildi va biz uning vafotidan çuqur qayğudamiz. Butun umr davomida xizmat qiliş töğrisidagi uşbu va’dani bugun men beraman», — dedi u.
Çarlz III şuningdek, nutqi davomida öğli Uilyamni Uels şahzodasi deb e’lon qildi. Bu uning taxtga vorislik qilişda birinçi örinda turişini anglatadi.
Çarlz IIIning özi ham taxtga ötirguniga qadar Uels şahzodasi deb atalgan. Uning öğillari ham şunday deb çaqirilgan, faqat bu nominal edi. Endilikda Uilyam bu unvonga rasman ega böldi.
Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoşida vafot etdi. U 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boşqardi. Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralida taxtga ötirgandi.

















