8 sentabr kuni «Lomonosovskiy» Moskva munitsipal okrugi deputatlari kengaşi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan iste’foga çiqişni söradi. Moskva mundeplarining prezidentga e’lon qilingan murojaatida hokimiyat özgarişi mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanişi uçun muhim ekani aytiladi, Putin uçun esa ikkinçi muddatdan keyin «hamma narsa qandaydir tarzda notöğri ketdi: YaIM oşmadi, minimal iş haqi e’lon qilingan raqamlarga yetmadi, aqlli va mehnatga layoqatli odamlar Rossiyani ommaviy tark etyapti, va’da qilingan barqarorlik körinmayapti».

«Siz va sizning qöl ostidagilaringiz işlatayotgan ritorika uzoq vaqt davomida murosasizlik va tajovuzkorlik bilan öralgan edi, bu oxir-oqibatda mamlakatimizni Sovuq uruş davriga qaytardi. Rossiyadan yana qörqib, nafratlana boşlaşdi, biz yana butun dunyoni yadro quroli bilan qörqitmoqdamiz», - deb davom etadi «Lomonosovskiy» MO deputatlari. 

Ular Putinning qaraşlari va uning boşqaruv modeli «umidsiz ravişda eskirgan hamda Rossiya va uning inson salohiyati rivojlanişiga tösqinlik qilmoqda», degan xulosa kelişdi. Şu munosabat bilan Moskva mundeplari Rossiya prezidentidan «özini özi egallab turgan lavozimdan ozod qilişni» söraşdi.

8 sentabr kuni bölib ötgan öşa yiğilişda Lomonosovskiy okrugi deputatlari Moskva meri Sergey Sobyaninga ham murojaat qabul qilişdi. Ularning ta’kidlaşiça, Moskvada mahalliy özini özi boşqariş tizimi amalda işlamayapti, tuman darajasida ikki tomonlama hokimiyat rivojlangan, bu esa mahalliy aholi va ular vakillarining har qanday taşabbuslariga tösqinlik qilmoqda.  

7 sentabr kuni Sankt-Peterburgning «Smolninskoye» munitsipaliteti kengaşi deputatlari Davlat dumasini Putinni işdan böşatişga çaqirişgandi. Ularga köra, Rossiya prezidenti Putinning harakatlarida Rossiya konstitutsiyasining davlatga xiyonat haqidagi moddasida nazarda tutilgan jinoyat belgilari mavjud. Xususan, ular Rossiya armiyasining jangovar tayyor bölinmalarining yöq qilinişi, Rossiyaning yoş va mehnatga layoqatli fuqarolarining ölimi va jarohati, Rossiya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar, Ukrainadagi «maxsus operatsiya»dan söng yuz bergan NATOning kengayişi va Ukraina armiyasi zamonaviy Ğarb texnikasi bilan jihozlanayotganiga e’tibor qaratmoqda. Bu - uning «demilitarizatsiya» maqsadiga ziddir. 

Söng, Sankt-Peterburgning «Smolninskoye» munitsipal okrugi kengaşining Davlat dumasini Putinni iste’foga çiqarişga çaqirgan deputatlari politsiyaga çaqirildi – «hokimiyatni obrösizlantiriş» töğrisida