Nurimbetovning aytişiça, Belarus iyun oyida ŞHTga töliq a’zo bölib kiriş masalasida rasman murojaat qilgan. Biroq jarayon yakuniy töxtamga kelinmagan.

"Hozirda uşbu masala 8 ta a’zo davlat tomonidan örganilmoqda, biroq yakuniy töxtamga kelinmadi. Mavzu ŞHT davlatlari milliy koordinatorlarining 10-14 sentabr kuni Samarqandda bölib ötadigan yiğilişi kun tartibidan joy olgan. 

Belarusni ŞHTga tölaqonli a’zo sifatida qabul qiliş uçun konsensus bölişiga yaxşi imkoniyatlar mavjud, deyiş mumkin. Bu esa Samarqand sammitida uşbu davlatni ŞHTga tölaqonli a’zo sifatida qabul qiliş protsedurasini boşlaş töğrisidagi davlat rahbarlari qarorini qabul qilinişi mumkin, degani. Biroq, qaror uşbu mamlakatning darhol ŞHTga a’zo bölişini anglatmaydi.

Tajriba şuni körsatadiki, bunday jarayon, odatda, örtaça ikki yil davom etadi. Çunki nomzod davlat qator majburiyatlarni bajarişi lozim va bu muayyan vaqtni talab etadi", - deya ta’kidladi milliy koordinator.