Toşkent şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği Farhod Dehqonov ehtiyot çorasi sifatida qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Dehqonov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdordagi zararga sabab bölgan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş)da közda tutilgan qilmişni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Boş prokuraturaga köra, u öz xizmat vakolatini suiiste’mol qilib, daraxtlarni köçirib ötkazişga ruxsat beriş orqali ularning yöq qilinişiga şaroit yaratib bergan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Kun.uz 9 sentabr kuni Toşkentning Çilonzor va Uçtepa tumanlarida ikkita yaşil hudud payhon qilingani haqida reportaj e’lon qilgan edi. Çilonzordagi holatda 58 tup daraxt kesib taşlangan bölsa, Uçtepada 42 tup daraxt qurib qolgan.

Uçtepa tumani, Lutfiy va Katta Xirmontepa köçalarining kesişmasidagi tramvay deposi maydoni. 2005 yil iyul va 2022 yil avgust oylaridagi holat
Foto: Maxar / Google Earth

Ikkinçi holat “Vatan” kinoteatri oldida, sobiq tramvay deposi örnida röy bergan. Bu yerda qurib qolgan 42 tup daraxtdan 27 tasi köçirib ötkazilgani uçun, 4 tasi esa qarovsizlik oqibatida qurib qolgan. Ekologlarning birinçi xatlovida bor bölgan 11 ta daraxt esa hozir yöq.

Kun.uz muxbiri reportajni tayyorlaş jarayonida Uçtepa tumani ekologiya bölimi boşliği Azimjon Isroilovdan daraxtlarni köçiriş uçun tegişli ruxsat olingan-olinmagani haqida söragan edi.

“Tadbirkorlik sub’yekti “Goroda stroy” MÇJning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2021 yil 4 oktyabrda kelib tuşgan murojaatiga asosan, davlat inspektorlari tomonidan örganiş işlari olib borilib, hududdagi daraxtlarni köçirib ötkaziş va kesiş böyiça berilgan murojaatga rad javobi berilgan”, – degandi Isroilov.

Ekologiya qömitasi bayonoti ham buni tasdiqlaydi. Unga köra, “Goroda stroy” MÇJning daraxtlarni kesiş böyiça sörovi 2021 yil 11 oktyabrda rad etilgan va daraxtlarni saqlab qoliş yuzasidan ogohlantiriş berilgan.