Ijtimoiy tarmoq va Telegram-kanallarda 9 sentabr kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektorga salom bermagani uçun talabani kaltaklaşgani haqida xabar tarqaldi. Ma’lum qilinişiça, talabaga zörlik işlatganlar orasida Umid Faxriddinoviç ismli prorektor ham bölgan.

Bu xabar talabalar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bölganidan söng, talabalar mazkur oliy ta’lim muassasasining Telegram'dagi «Talaba murojaati» nomli guruhida ma’muriyatga norozilik ruhida turli xil gaplarni yozişgan, xodimlar esa bu yozişmalarni öçirib taşlaşgan, şuningdek, jabrlanuvçining akkauntini bloklab, guruhga qöşilişini çeklab qöyişgan.

Bundan taşqari, xodimlardan biri talabalarga qarata guruhda haqoratomuz gaplarni yozişgani va rahbariyatdan norozi bölganliklari uçun talabalar safidan çetlatilişlarini aytgan, biroq bu xabar ham köp ötmay öçirib taşlangan.

Alaloqibat guruhda barça talabalarning yozişi taqiqlab qöyilgan.

Jurnalistlar guruhi va ijtimoiy tarmoqda bildirilgan talabaning rektor Şerzodxon Qudratxöjaga salom bermagani sababli kaltaklangani işonarsiz ekani, buni isbotlovçi fakt yöq, deya rad etildi. Biroq talaba qandaydir sabab bilan kaltaklangani bölgan voqea. Bundan universitet rasmiy bayonotidagi xodimlarga nisbatan qöllanilgan çoralar ham dalolat berib turibdi.

Voqea yuzasidan universitet Odob-axloq komissiyasining bayonoti oliygoh rasmiy Telegram-kanalida ilib qöyildi.

Unda ma’lum qilinişiça, 10 sentabr kuni ÖzJOKU Odob-axloq komissiyasining kengaytirilgan tarkibdagi yiğilişi bölib ötgan. Yiğilişda 9 sentabr kuni universitet talabasi J.Mahmudov hamda universitet xodimlari U.Rustamov, X.Mirzayev, F.Oçilov örtasida bölib ötgan kelişmovçilik holati körib çiqilgan.

«Örganişga köra, universitet xodimi X.Mirzayev talaba bilan özaro qöpol muomala sababli şaxsiy tortişuvga borgani ma’lum böldi. Vaziyat universitet profilaktika noziri H.Sodiqov tomonidan örganib çiqilgan va şu kunning özida tomonlar yaraşuvi qarori qabul qilinib, masalaga yeçim berilgani aniqlandi», – deyiladi xabarda.

Ammo yaraşuv qarori qabul qilinganiga qaramasdan, universitet içki mehnat tartibi qoidalari buzilgani yuzasidan çora körilişi lozim deb topilgan.