«Sanoat xavfsizligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatida “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Ko‘krak nishoni bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari, bo‘ysunuvdagi xo‘jalik yurituvchi tashkilotlari, sanoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan xavfli ishlab chiqarish obektlari xodimlari, ko‘p yillar (kamida 5 yil) davomida sohalarda samarali ish faoliyatini olib borgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar taqdirlanadi.
Komissiya xulosasi asosida ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qo‘mita raisi buyrug‘i har yili 10 dekabrga qadar chiqariladi. Ko‘krak nishoni har yili 12 dekabr – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilgan va davlat bayram kunlari arafasida qo‘mita raisi (yoki boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga (qo‘mita xodimlariga) bazaviy hisoblash miqdori o‘n baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi. Biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krak chap tomoniga taqiladi. Ko‘krak nishoni yo‘qotilganda va buzilgan hollarda qayta berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
Mavzuga oid

07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi

08:30 / 17.03.2025
Avtomobil sanoatidagi uchta korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

13:36 / 11.03.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi

14:13 / 24.01.2025