Özbekiston elçixonasida Singapurning yirik Food Empire kompaniyasi kömagida “Özbekiston zamonaviy iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati – Singapur kompaniyalari uçun yangi biznes imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda Food Empire, Tech Storm, Wine Tatler, Universal Integrated Corporation Consumer Producs, Zero1, Oceanus Group, SCash, Power Hero, Farquhar VC kabi yigirmadan ortiq kompaniyalar rahbarlari, Enterprise Singapore davlat korporatsiyasi departamenti direktori örinbosari Ikai Yao iştirok etdi.

Zero1 kompaniyasi raisi va ta’sisçisi Styuart Tan ta’kidlaşiça, Singapurdagi raqamli mobil aloqa operatori bölmiş uning kompaniyasi virtual raqamli mobil aloqa operatori sifatida Özbekiston bilan hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor.

Universal Integrated Corporation Consumer Producs kompaniyasi boşqaruvçi direktori  Ko Xiap iqtisodiyot turli tarmoqlarida, qişloq xöjaligi sohasida (çorvaçilik, göştni qayta işlaş va eksport qiliş) hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş uçun öz kompaniyasi xodimlarini Özbekistonga yuborişga qiziqiş bildirdi.