Toshkent rossiyaliklar uchun tranzit markaziga aylanishi mumkin - Bosh konsul
Nijnevartovsk-Farg‘ona yo‘nalishi bilan Rossiya shaharlariga parvozlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun tranzit markazi sifatida Turkiya o‘rnini egallash imkoniyatiga ega, dedi Yekaterinburgdagi bosh konsul Abdusalom Hotamov.
TASS bilan suhbatda diplomat mamlakat aeroportlari orqali xorijga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini qayd etdi - ham Ural aholisi, ham Rossiyaning qolgan qismi uchun. Bundan tashqari, ular O‘zbekistonning o‘ziga ham tez-tez tashrif buyurishlari mumkin.
«O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun ham eng mashhur dam olish maskanlaridan biriga, ham Istanbul o‘rnini bosuvchi yangi tranzit xabga aylanishi mumkin, bu orqali sayohatchilar turli mamlakatlarga uchishga odatlangan», — dedi Hotamov.
Bunga Yekaterinburg, Chelyabinsk va Tyumenni O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan shaharlari bilan bog‘laydigan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar tarmog‘i yordam bermoqda. Ayni paytda Nijnevartovsk-Farg‘ona havo qatnovini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
Hotamov mehnat migratsiyasi mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi. 2021 yil boshidan buyon 215 ming nafar o‘zbekistonlik Ural mintaqalarida sezilarli chiqib ketish va kirib kelishsiz barqaror mehnat qilmoqda. Urallik ish beruvchilarning so‘rovlari asosida migrantlarni yollashni tashkil etish loyihasi alohida ta’kidlandi.
Avgust oyida Ural sayyohlik assotsiatsiyasi kuzda Yekaterinburgdan Toshkent orqali Osiyo shaharlariga turlarni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qilgan edi. Poytaxt orqali tranzit Turk Hava Yollari’ga muqobil bo‘ladi, dedi tashkilot rahbari Mixail Malsev.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024