Gulnora Karimova va u boşçiligidagi uyuşgan guruhning Şveytsariyada joylaşgan aktivlardan taşqari boşqa xorijiy davlatlardan ham jinoiy aktivlarini qaytariş böyiça işlar olib borilmoqda. Bu haqda Adliya vaziri örinbosari  Muzraf Ikromov ma’lum qildi.

Jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadi. Adliya vaziri örinbosari fikriça, mazkur pullar 14,3 trillion sömni taşkil etib, ularning hisobiga 1400 tadan ortiq maktab qursa böladi.

Fransiya Respublikasi

Fransiya Respublikasidan 2020 va 2021 yillarda taqriban jinoiy uyuşgan guruh a’zolariga tegişli köçmas mulklarni (Parij şahri yaqinidagi 2 ta qasrlar) sotilişi natijasida 20 million AQŞ dollariga teng pul mablağlari Özbekistonga qaytarildi.

Belgiya Qirolligi

Belgiya Qirolligida ham jinoiy uyuşgan guruhga tegişli bölgan aktivlar joylaşgan. Ularni qaytariş maqsadida, Özbekiston Respublikasi mutasaddi taşkilotlari hamda Belgiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasida hamkorlik yölga qöyilgan.

Belgiyada tergov jarayoni tugamagani sababli (tergov siri), uşbu aktivlar haqida köp ma’lumot oşkor qiliş imkoniyati mavjud emas.

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniyada Gulnora Karimova va uning şeriklariga tegişli bölgan 10 million funt sterling miqdoridagi mablağlar va 3 ta köçmas mulkning taqdiri Londonning Oliy sudida körib çiqiş jarayonida.
 
Latviya Respublikasi

Latviya Respublikasida ham bir talay aktivlar mavjud. Latviya sud organlari tomonidan 2018 yili Özbekiston Respublikasida çiqarilgan hukmlar (Latviyada joylaşgan aktivlarni Özbekiston daromadiga musodara qiliş haqida) tan olingan. 

Aktivlar 15 million AQŞ dollariga teng mablağlar, 850 unsiyaga (24,1 kg.) teng oltin sertifikatlari hamda Riga şahrida joylaşgan madaniy-köngiloçar majmuadan taşkil topgan.

Qayd etilişiça, bu boradagi barça işlar ham osonlikça amalga oşmayapti. Masalan, Latviyadagi yuqoridagi aktivlarni qaytarişda murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Şunga qaramay, uşbu davlatdagi aktivlarni qaytariş böyiça işlar qat’iy izçillik bilan davom ettirilmoqda.