Moldovada "Olovli qalqon" harbiy maşğulotlari boşlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moldova poytaxtida armiya texnikasi harakatlanayotgani aks etgan foto va videotasvirlar tarqalgandi. 

"Harbiy texnikalar harakatlangani töğrisidagi xabarlar böyiça quyidagilarni ma’lum qilamiz: 12 sentabrdan 23 sentabrga qadar Scutul de foc 2022 ("Olovli qalqon") harbiy maşğulotlari ötkaziladi, texnika öquv markazlari tomon harakatlangan", - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilişiça, harbiy texnika nafaqat Kişinyov, balki boşqa aholi maskanlarida ham harakatlangan.

"Fuqarolarni milliy yöllarda harakatlanayotgan harbiy texnikani körganda vahimaga tuşmaslikka çaqiramiz", - deyiladi vazirlik tomonidan.

Ma’lumot berilişiça, "Olovli qalqon" harbiy maşğulotlari 2015 yildan buyon ötkazib kelinadi.