ŞHT haqida

Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) – 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston rahbarlari tomonidan taşkil etilgan xalqaro mintaqaviy taşkilot. ŞHTning vujudga keliş tarixi “Şanhay beşligi“ deb atalgan uyuşma faoliyati bilan boğliq. Dastlab Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (“Şanhay beşligi“) uçraşuvi bölib ötgan. Unda çegaradoş mamlakatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş (1996 yil) va qöşma çegarada qurolli kuçlar va qurol-yaroğlarni qisqartiriş (1997 yil) töğrisida 2 ta bitim imzolangan edi.

ŞHTning xalqaro maydondagi ta’siri ösib borişi bilan mintaqadagi boşqa davlatlarning ham mazkur taşkilot faoliyatida iştirok etişga bölgan qiziqişi ortdi. 2017 yilda ŞHT safi ikki yangi iştirokçi – Hindiston va Pokiston bilan kengaydi. Hozirda 8 mamlakat ŞHTning doimiy a’zosi hisoblanadi, 4 mamlakat esa kuzatuvçi maqomiga ega (Belarus, Afğoniston, Eron, Möğuliston) va 6 mamlakat muloqot böyiça hamkorlar sanaladi (Turkiya, Ozarboyjon, Nepal, Şri-Lanka, Kambodja, Armaniston).

Samarqand sammitida Eron ŞHT yangi doimiy a’zosi sifatida taniştirilişi kutilmoqda.

Samarqand sammitida kimlar iştirok etadi?

Samarqand sammitida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan iştirok etişi kutilmoqda.

Şuningdek, BMT hamda uning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YuNeSKO, MDH, KXŞT, YeOIK, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi xalqaro taşkilotlar ham Samarqand sammitida iştirok etadi.

«ŞHT — Ğarbga qarşi tuzilgan taşkilot emas»

Özbekistonning ŞHT işlari böyiça milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov Kun.uzʼga bergan intervyusida a’zo davlatlar yetakçilari global va mintaqaviy masalalar böyiça fikr almaşişi mumkinligi, ammo bu masala böyiça qaror loyihasi, hujjatlar, eng asosiysi, Samarqand deklaratsiyasida ham heç qanday geosiyosiy maqsadlarni közlaydigan bayonot, çaqiriqlar bölmasligini