ŞHT Samarqand sammiti arafasida Hindistonning The Print elektron naşri Özbekiston elçisi Dilşod Ahadov bilan intervyu e’lon qildi.

Özbekistonning Hindistondagi elçisi Dilşod Ahadov The Print naşriga bergan intervyusida Toşkent nafaqat ŞHTni kengaytiriş, balki uning töla salohiyatini röyobga çiqarişni ta’minlaşini ta’kidladi.

Elçi Dilşod Ahadov uşbu sammitda Eron ŞHT yangi doimiy a’zosi sifatida taniştirilişini tasdiqladi. Hozirgi kunda ŞHT tarkibiga sakkiz davlat – Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Özbekiston, Hindiston va Pokiston kiradi.

“Sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ŞHTni yanada kengaytiriş hisoblanadi. Eronning ŞHTga a’zo davlat maqomini oliş majburiyatlari töğrisidagi memorandum imzolanişga allaqaçon tayyor. Bu hujjat Yaqin Şarq uşbu yirik mamlakati taşkilotga töliq a’zo bölişiga asos böladi”, - dedi Dilşod Ahadov.

Uning qöşimça qilişiça, ŞHT faoliyatida tölaqonli a’zo, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik maqomida iştirok etiş uçun yana 10 ga yaqin mamlakatdan arizalar ham körib çiqiladi.