Koordinatorga köra, sammit rasmiy protokol doirasida bölib ötadi va uning kun tartibida geosiyosiy inqiroz masalalari yöq.
«Bu taşkilotda har bir masala, kun tartibi ham konsensus asosida şakllantiriladi.
Avvalo milliy koordinatorlar kun tartibi yuzasidan har bir masalani kelişib olişadi. Şundan keyin kun tartibi taşqi işlar vazirlari darajasida körib çiqiladi. Taşqi işlar vazirlari Toşkentda 29 iyulda Samarqand sammiti kun tartibini tasdiqlaşgan. Unda global geosiyosiy inqirozlar masalasi yöq.
Albatta, davlatlar yetakçilari global va mintaqaviy masalalar böyiça fikr almaşişi mumkin. Ammo bu masala böyiça qaror loyihasi, hujjatlar, eng asosiysi, Samarqand deklaratsiyasida ham heç qanday geosiyosiy maqsadlarni közlaydigan bayonot, çaqiriqlar yöq va bölmaydi ham.
Ha, bu böyiça axborot foni bölişi mumkin, bundan qoçiş imkonsiz, ammo yana bir marta ta’kidlayman – ŞHT Ğarbga yoki boşqa taşkilotlarga qarşi tuzilma emas», – dedi Nurimbetov.
Eslatib ötamiz, Şanhay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlari sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib ötadi. Unda 15 ta davlat rahbari iştirok etadi.
“Özbekiston oldingi ma’muriyat kabi oq va qora taşqi siyosatni davom ettirmoqçi emas” — Rabbimov













