Yevropa komissiyasi (YeK) «omikron» varianti BA.4 va BA.5 turlariga moslaştirilgan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarşi BioNTech/Pfizer kompaniyalarining yana bir vaksinasini tasdiqladi. Bu haqda 12 sentabr, duşanba kuni Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen xabar berdi,
«Omikron»ning turlariga qarşi kuraşiş uçun yangi vaksinadan foydalaniş avvalroq Yevropa dori vositalari agentligi (YeDA) tegişli qömitasi tomonidan tavsiya etilgandi. Agentlikning ta’kidlaşiça, Comirnaty Original/Omicron BA.4-5 bilan takroriy emlaş 12 va undan katta yoşdagi odamlarga tavsiya etiladi.
«Biz kovid hanuzgaça tahdid ekanini bilamiz. Şuning uçun hozirgina YeDA tavsiyasi asosida BioNTech/Pfizer busterini ma’qulladik. Bu kuzda xavfsizroq bölişimizga yordam beradi. Emlaş hali ham COVID-19’dan himoyalanişning eng yaxşi usuli hisoblanadi», - deb yozdi fon der Lyayyen Twitter’da.
YeDA qarori 1 sentabrda tasdiqlangan Comirnaty Original/Omicron BA.1 yangi vaksina prekursorining klinik sinovlariga asoslangan. Dori tarkibi vaksinaning yangi versiyasiga juda öxşaydi, deyiladi regulyator bayonotida.
Comirnaty Original/Omicron BA.4-5 böyiça klinik tadqiqotlar davom etmoqda, deya qöşimça qildi YeDA.
Robert Kox instituti ma’lumotlariga köra, ötgan kun davomida Germaniyada yana 54 930 kişida COVID-19 aniqlangan va 90 bemor vafot etgan. Pandemiya boşlanganidan beri Germaniyada 32,5 million kişida infeksiya aniqlangan, ulardan 148 389 nafari vafot etgan, 31,7 millioni tuzalib ketgan. BA.4 i BA.5 «omikron» subvariantlari hozirda Germaniyada SARS-CoV-2 virusi bilan kasallanişning deyarli barça aniqlangan holatlarini taşkil etadi, deya xabar qildi dpa agentligi.
12 sentabr holatiga köra, Germaniyada koronavirusga qarşi 184,9 million emlaş amalga oşirilgan. Mamlakat aholisining 76,3 foizi töliq emlangan, aholining 62,1 foizi esa vaksinaning buster dozasini olgan.












