2022 yilda Pepsi brendi har yili ötkaziladigan "Ta’mlar jangi" — Pepsi Taste Challenge'da yana bir bir bor mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi. Xuddi şu çellenjning yakuni munosabati bilan musiqa va döstlik keçasi, barçaga manzur içimlikning bayrami taşkil etildi.

Ulkan open air – Pepsi Music Fest 9 sentabr kuni Hyatt mehmonxonasining oçiq maydonida taniqli san’atkorlar va DJlar iştirokida boşlandi. Öyin-kulgi va sovğalarga boy festival yilning eng yorqin musiqiy voqeligiga aylandi, deyiş mumkin.

Ayniqsa, Pepsi Music Fest mutlaqo bepul ekanini hisobga olsak, Toşkentda bunday yirik miqyosdagi, ijro sifati yuqori tadbirlar köp emas.

Festival mezbonlar va maxsus mehmon – KVN Oliy ligasi çempioni, Osiyo MIX jamoasi yetakçisi Eldiyar Kenensarovning kiriş sözi bilan boşlandi. Fest davomida Davron Kabulov va Jahongir Xöjayev şouranner sifatida çiqiş qilişdi.

Bayram mehmonlari kundan kunga ortib bordi, oçiq maydonda hamma jonli musiqa ritmida raqsga tuşdi. Raqs jamoalarining çiqişlari esa festivalning yanada yorqin ötişiga sabab böldi.

Bayramona atmosfera, jahonga taniqli yulduzlar va kötarinki kayfiyat Pepsi Music Fest'ning haqiqiy bezagi edi. Bu safar bitta tadbir formatida bir emas, uç xalqaro selebriti – Gayazov$ Brother$, Minelli va HammAli& Navai qöşiqlari yangradi.

Festivalda, şuningdek, Pepsi Taste Challenge–2022 reklama kampaniyasi ambassadori – Abbbose maxsus mehmon sifatida iştirok etdi.

Fest mehmonlari – DJ King Macarella, DJ Sam, DJ Frost, DJ Pashkov, DJ Safronov va DJ Geraning jonli musiqiy vayblari mehmonlarni raqsga çorladi va maydon nafaqat çiroqlar, balki yorqin, samimiy hislar bilan ham yorişib ketdi.