Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma yuz berdi
Qirg‘iz-tojik chegarasida yana nizo kelib chiqdi. Tomonlar yana bir-birlarini aybladi.

Foto: Asia-Plus
Bugun, 14 sentabr kuni ertalab soat 7 larda Vorux qishlog‘i yaqinida Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Bu xabarni «Aziya-Plyus»ga mahalliy aholi ham tasdiqlab, o‘q ovozlari hamon eshitilayotganini ta’kidladi.
Nashr manbasiga ko‘ra, harbiylar Isfara markazidan Voruxga kelmoqda.
«Erta tongda bizga chegaradagi vaziyat haqida xabar berishdi. Hozir isfaralik harbiylar Voruxga ketyapti», dedi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Ayni vaqtda, Isfara shahar hokimligi Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:15 lar atrofida qisqa muddatli otishma sodir bo‘lganini xabar qildi.
«14 sentabr kuni soat 07:15 lar atrofida Isfara shahri Vorux hududining Kex chegara joyida Qirg‘iziston chegarachilari va harbiy xizmatchilari hech qanday sababsiz bu hududda xizmat qilayotgan Tojikiston chegara otryadiga qarata o‘t ochgan. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, tojik chegarachilari javob berishgan», — deyiladi Isfara ma’muriyati xabarida.
Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston tomonidan chegarachilar va tinch aholi vakillari orasida halok bo‘lganlar hamda jarohatlanganlar yo‘q.
Chegarada o‘q uzilgani haqida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg ham xabar bermoqda. Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa bugun, 14 sentabr kuni Botken viloyatining Buloqboshi hududida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston chegarachilari «avvalgi kelishuvlarni buzgan holda, davlat chegarasining belgilanmagan qismida jangovar pozitsiyalarni egallagan» Tojikiston chegara otryadini aniqlagan.
«Qirg‘iz tomonining hududni tark etish talabiga e’tibor bermay, tojik chegarachilari o‘t ochgan. Bunga javoban Qirg‘iziston chegarachilari ham qurol ishlatgan. Otishma boshlangan, uning davomida tojik tomoni minomyotlardan foydalangan», — deyiladi xabarda.
Soat 9:40 holatiga ko‘ra, o‘t ochish vaqti-vaqti bilan boshlanyapti va to‘xtayapti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Shuningdek, hozirda Chegara xizmatining Botken viloyati boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Qiyolbek To‘lonboyev va Tojikiston Chegara qo‘shinlarining So‘g‘d viloyati boshqarmasi boshlig‘i general-mayor H.Pirakzoda o‘rtasida mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgani ma’lum qilindi.
«Tomonlar uchrashishni rejalashtirmoqda», — deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 09:54
-
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:50
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

14:55 / 12.04.2025
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

18:24 / 03.04.2025