Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sut mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 5,4 ming tonnaga oshgan.
7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p sut mahsulotlarini import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 8,4 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Belarus – 3,8 ming tonna;
- Eron – 3,8 ming tonna;
- Qozog‘iston – 3 ming tonna;
- Litva – 627 tonna;
- Fransiya – 591 tonna;
- Turkiya – 437 tonna;
- Finlandiya – 247 tonna.















