Nikol Paşinyan ŞHTning 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib ötadigan sammitida qatnaşmaydi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi. 

“Nikol Paşinyan Armanistondagi vaziyat sababli ŞHTning Samarqandda bölib ötadigan sammitida qatnaşmaydi”, deyiladi xabarda. 

13 sentabrga ötar keçasi Yerevan va Boku çegaradagi vaziyat keskinlaşgani haqida xabar bergandi. 

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning sözlariga köra, Ozarboyjon bilan sodir bölgan töqnaşuvlarda 105 nafar armanistonlik harbiy halok bölgan. 

Paşinyan Armaniston yordam sörab Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) murojaat qilganini bildirgan. 

Avvalroq ŞHTning Samarqanddagi sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Armaniston-Ozarboyjon çegarasidagi jangovar harakatlarni muhokama qilişi töğrisida xabar berilgandi. 

ŞHTning Samarqand sammitida Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Möğuliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston va Armaniston yetakçilari iştirok etişi ma’lum qilingan.