Sammitda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kiriş nutqini sözladi.

"Sammitimiz, şubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan söng uzoq kutilgan döstlarning yuzma-yuz uçraşuvidir. Bu şaxsiy muloqot, ŞHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvçi qöşma qarorlar qabul qiliş imkoniyatidir,” - dedi davlat rahbari.

“Bu tadbir Özbekiston raisligida tarixiy Samarqandda ötayotgani biz uçun katta faxrdir. Umid qilamanki, keça Samarqand ruhi va xalqimizning köp yillik tarixiy madaniyati bilan tanişdingiz”, - deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mirziyoyevga köra, bugungi tadbir doirasida ŞHT davlatlari yetakçilari 40 dan ortiq xalqaro kelişuvlarni imzolaşi közda tutilgan.

Foto: Akorda.kz

Tadbirning qolgan qismi tor doirada davom etmoqda.

Foto: Akorda.kz
Foto: Akorda.kz

ŞHTga kuzatuvçi hamda mehmon sifatida taklif qilingan Belarus, Eron, Mongoliya, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakçilari majlisga tadbirning kengaytirilgan qismida qöşiladi.