Qonun loyihasi 5 ta moddadan iborat bölib, unda Jinoyat kodeksiga axborotni nooşkora tarzda töplaşga ixtisoslaşgan maxsus vositalarni Özbekistonga olib kiriş, işlab çiqariş, saqlaş, ötkaziş va foydalaniş qilmişlari uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik çoralarini belgilovçi normalar kiritilmoqda.

Loyihada bank kartasi yoki boşqa tölov kartalarini qalbakilaştiriş yoki ulardan foydalaniş holatlariga hamda bank kartasi yoki boşqa tölov kartalarini, içiga mikrosxema örnatilgan identifikatsiyalaş modullarini qalbakilaştirişga möljallangan maxsus texnik vositalarni olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, ötkaziş yoki ulardan foydalaniş harakatlari uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Elektron tölov vositalaridan pul mablağlarini talon-toroj qiliş bilan boğliq qilmişlar alohida jinoyat sifatida belgilanmoqda va unda axborot texnologiyalaridan foydalanib yoki axborot tizimiga ruxsatsiz kirgan holda özgalar mulkini öğrilik yoxud firibgarlik yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatlari qamrab olinmoqda.

Mobil qurilma xalqaro öziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasi identifikatsiyalaş modulini qonunga xilof tarzda özgartiriş harakatlari uçun dastlab ma’muriy, uşbu qilmiş bir yil davomida takroran sodir etilganda jinoyat javobgarlik belgilanmoqda.

Loyihada, hozirda uçrayotgan tovlamaçilik yangi şakllarini, xususan, kompyuter ma’lumotlarini yöq qiliş, özgartiriş, olib qöyiş yoki tösib qöyiş bilan hamda şaxsga doir ma’lumotlar asosida zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyorlangan jabrlanuvçini şarmanda qiladigan uydirmalar tarqatiş bilan qörqitib, uning mulki yoki mulkka bölgan huquqini berişga majbur qiladigan şaroitga solib qöyiş holatlarini qamrab oluvçi özgartiriş kiritilmoqda, uşbu jinoyat internetdan foydalanib sodir etilişini oğirlaştiruvçi holat sifatida malakalanişi belgilanmoqda.

Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan aşyolarni takroran olib yurganlik uçun ma’muriy javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.

Bildirilişiça, qonun loyihasi qabul qilinişi şaxs hayoti va soğligiga yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlar oldi olinişi, şaxsiy hayot daxlsizligini buziş holatlari va davlat sirlarini oşkor qilişga sabab böluvçi omillardan biri bartaraf etilişiga, fuqarolar mulkini jinoiy yöllar bilan talon-toroj qiliş jinoyatlari kamayişiga xizmat qiladi.