Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi mojaro qurbonlari sonini ma’lum qildi
19 sentabr Qirg‘izistonda milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qirg‘izistonda Tojikiston bilan chegaradagi qurolli mojaro oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Vazirlikning ertalabki xabarida 36 qurbon va 129 nafar jabrlanuvchi haqida aytilgandi.
17 sentabr kuni qurbonlar soni 24 nafar ekani xabar qilingandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 19 sentabr kunini milliy motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘z navbatida, Tojikiston TIV mahalliy aholi vakillaridan 35 kishi halok bo‘lgani va 30 nafar atrofidagi kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Tojikiston tomoni bungacha halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot bermay kelayotgandi. Mahalliy nashrlarda 7 nafar qurbon haqida aytilgandi.
Vladimir Putin Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml saytida xabar qilishlaricha, Putin «tomonlarni keskinlashuvning oldini olishga va vaziyatni imkon qadar tez fursat ichida faqat tinch, siyosiy-diplomatik vositalar orqali hal qilish choralarini ko‘rishga chaqirgan».
- Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi to‘qnashuvlar 14 sentabr kuni boshlandi. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini xabar qildi, ammo bu kelishuvlarga rioya qilinmayapti. Qirg‘iziston hukumati to‘qnashuvlar hududidan 136 ming kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.
- Qirg‘iz-tojik chegarasida doimiy ravishda mojaro chiqib turadi. Buning sababi — chegarada bahsli uchastkalar mavjud ekanidir, bunday bahsli chegara nuqtalari soni 70 dan ortiq. Ikki mamlakat qariyb 1000 kilometrlik umumiy chegaraga ega bo‘lib, ayni vaqtda tomonlar umumiy chegaraning faqat 70 foizini (660 kilometrdan ortiq) tan olishadi. Chegaralarni belgilab olish bo‘yicha muzokaralar 2002 yildan buyon davom etadi.
Mavzuga oid

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

07:52 / 11.05.2025