Almaşuv Kobul aeroportida amalga oşirildi va bu haqda toliblar rahbariyati xabar qildi, deb yozadi BBC. AQŞ hukumati yoki Freriksning oilasi bu haqda hozirça bayonot bermadi. Ammo muhandisni ozod qiliş prezident Jo Baydenning saylovoldi va’dalaridan biri edi.
"Bugun Kobul aeroportida Mark Freriks Amerikaga, Hoji Başir esa bizga topşirildi", - dedi taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amir Xon Muttaqiy.
Ilgari harbiy dengizçi bölgan Freriks 2020 yilda öğirlab ketilgandi. U bu vaqtda Kobulda quruvçi-muhandis sifatida işlab kelayotganiga 10 yildan oşgandi.
Toliblar qölida amerikalikning garovda uşlab turilişi Vaşington va toliblar hukumati bilan munosabat örnatiş yölida jiddiy tösiq bölib turgandi.
"Boşlanişiga toliblar zudlik bilan Markni ozod qilişlari kerak. Keyin ularning qonuniylik borasidagi da’volarini körib çiqiş haqida gapiriş mumkin böladi", - degandi Bayden yanvarda.
Afğoniston poytaxtida Başir Nurzay qahramonlardek qarşi olindi: toliblar uni gulçambarlar bilan kutib oldi.
"Mening va amerikalikning ozod qilinişi ikki mamlakatga tinçlik keltiradi", - dedi u.
Nurzay şaxsiga e’tiborning yuqoriligi uning “Tolibon” asosçisi Mulla Umarning ittifoqçisi va dösti bölgani hamda 1900-yillarda toliblarning birinçi hukumatini moliyalaştirişda yordam bergani bilan izohlanadi.
Toliblar hukumati matbuot kotibi Zabihulla Mujohidning sözlariga köra, Nurzay heç qanday rasmiy lavozimni egallamagan bölsa-da, "toliblarga jumladan qurol bilan sezilarli yordam bergan".
Nurzay AQŞda geroin kontrabandasida ayblanib 17 yil mahbuslikda saqlandi. Prokurorlarning sözlariga köra, u Qandahor viloyatida afyun işlab çiqariş böyiça yirik operatsiyaga rahbarlik qilgan.
U hibsga olingan 2005 yilda dunyoning asosiy narkodilerlaridan biri hisoblangan va Afğoniston giyohvandlik moddalari eksportining yarmidan ortiğini nazorat qilgan. 2008 yilda Nyu-York sudi uni AQŞga 50 mln dollarlik geroin olib kirişga uringani uçun bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilgan.












