Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘li Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo‘nalgan qismi 24 sentabr soat 00:00 ga qadar yopilgan.

Xabarga ko‘ra, bu yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli amalga oshirildi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Bundan oldin Yakkasaroy tumanida yuk avtomashinasi ko‘prik ustida ag‘darilib ketgani xabar qilingandi.