Qozoğiston, Armaniston, Turkiya va Vetnamdagi bir qança banklar AQŞ Moliya vazirligining ikkilamçi sanksiyalar xavfi haqidagi ogohlantirişi fonida Rossiyaning «Mir» tölov tizimi kartalariga xizmat körsatişni töxtatdi.

Turkiya, Qozoğiston, Armaniston va Vetnamdagi qator banklarda «Mir» kartalari bilan işlaş töxtatildi.

Xususan, Turkiyada ikki yirik bank — Is Bankasi va DenizBank, Qozoğistonda — Xalq banki, Vetnamda — BIDV rossiyaliklarning kartalari bilan operatsiyalar amalga oşirişdan boş tortdi.

Avvalroq, AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «Mir» tölov tizimi bilan işlaydigan banklarga ogohlantiriş bilan çiqqandi. Unda Rossiyaga nisbatan amalga oşirilgan iqtisodiy sanksiyalar közlangan natijasini bermagani, şu sababli Ğarb davlatlari avval joriy qilingan çeklovlarni kuçaytiriş niyatida ekanligi ma’lum qilingandi.

Hozirga qadar «Mir» tölov tizimi bilan Turkiya, Vetnam, Janubiy Koreya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston banklari hamkorlik qilib kelayotgan edi.

Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaning izoh berişiça, «Mir» tölov tizimiga nisbatan joriy qilingan çeklovlar kartalarni qabul qiliş geografiyasini kengaytiriş jarayonini murakkablaştirişi mumkin. Biroq sanksiyalar bu işni butunlay töxtata olmaydi.

Ma’lumot uçun, 2019 yilda NSPK va Yagona Respublika protsessing markazi örtasida imzolangan şartnoma doirasida 2020 yildan boşlab Özbekistondagi tijorat banklari ham «Mir» kartalarini qabul qila boşlagan. Şuningdek, «Mir» kartalaridan Uzcard kartalariga transçegaraviy pul ötkazmalari xizmati ham işga tuşirilgan. Hozirça Özbekiston Markaziy banki «Mir» tölov tizimi bilan hamkorlik davom etişi yoki töxtatilişi yuzasidan izoh bermadi.