Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FAO bosh direktori Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda FAO rahbari bilan uchrashdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dunyuy bilan uchrashdi.
Vladimir Norov O‘zbekiston FAOni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim global ko‘p tomonlama platforma, deb bilishini qayd etdi.
2020-2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakat va FAO o‘rtasida imzolangan doiraviy dasturni to‘la amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Tsyuy Dunyuy Samarqand shahridagi ShHT sammiti chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yili oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
FAO bosh kotibi tashkilot oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
10:10 / 06.09.2024
Shavkat Mirziyoyev FAO bilan strategik sheriklik bo‘yicha dastur qabul qilish muhimligini ta’kidladi
14:32 / 04.09.2024
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari O‘zbekistonga keladi
09:38 / 28.05.2024