21 sentabr kungi savdo sessiyasi boşida Rossiya fond bozori 9,61 foizga tuşib, 2002,73 punktgaça pasaygan. RBK ma’lumotlariga köra, bu Ukrainada uruş boşlangan 24 fevraldan beri eng minimal körsatkiçdir. Moskva birjasining indeksi bir kun oldin ham 8,84 foizga pasaygan edi.

Moskva birjasining “havorang fişkalari” orasida eng katta qulaş “VK” (15,33 foiz), “PIK” (15 foiz) va “Sankt-Peterburg” birjasida (14,2 foiz) kuzatilgan.

Rossiyaliklar tomonidan kompaniyalar aksiyalarini sotiş körsatkiçlarining keskin oşişiga Vladimir Putin tomonidan imzolangan safarbarlik töğrisidagi farmon sabab bölgan. Fond bozorining qulaşi hozirça rubl kursiga ta’sir qilmagan. Sönggi oylarda mamlakatdagi asosiy stavka ham bozor harakatlariga boğliq bölişni töxtatdi va faqat eksport va import oqimlarining nisbati bilan belgilanmoqda.

Uruş boşlanganidan keyin norezidentlar Rossiya fond bozoridan çiqib ketişdi. Hozirda uning asosiy harakatlantiruvçi kuçi mahalliy investorlar hisoblanadi. Fevraldan beri Moskva birjasi indeksi 60 foizdan köproqqa pasayib ketgan.