“Xotin-qizlar bandligini oşiriş va salomatligini mustahkamlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 oktyabrdan kasanaçiga ajratiladigan subsidiya miqdori 3 mln sömdan 4,5 mln sömgaça oşiriladi.
Olis va çekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanaçilik asosida iş bilan ta’minlagan tadbirkorlar örtasida har yili bir marta har biri qiymati 50 million söm bölgan loyihalar tanlovi ötkaziladi.
“Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta işsiz xotin-qizlarni kasanaçilik asosida işga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inşootlarni ijaraga olişda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.
Xodimlari umumiy soni kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bölgan kasanaçilikni taşkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ular bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inşootlar uçun ijara haqi tölovidan 2027 yil 1 oktyabrgaça ozod etiladi.
Har bir tuman (şahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanaçilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.
Hududlarda kasanaçilik orqali yangi iş örinlarini taşkil etgan tadbirkorliklar örtasida “Eng namunali tadbirkor” körik-tanlovi ötkaziladi.

















