Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada so‘nggi 10 yil ichida fuqarolikni olganlarga harbiy xizmatni o‘tash majburiyati yuklatilishi mumkin
Rossiyada RF fuqaroligini olgan muhojirlarni armiyaga yuborish taklif qilinyapti.
Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida tegishli taklif tayyorlanmoqda.
Inson huquqlari kengashi a’zosi ta’kidlashicha, Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning bir yil davomida majburiy harbiy xizmatni o‘tashi taklif qilinmoqda. Gap O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston sobiq fuqarolari haqida ketmoqda.
«Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi yuqorida nomi keltirilgan davlatlar rasmiylari tomonidan o‘z fuqarolarining ixtiyoriy ravishda maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etishini rasman taqiqlashiga adekvat javob bo‘ladi, buning uchun ular o‘z vatanlarida jinoiy jazoga tortilishi bilan ogohlantirilmoqda», dedi Kirill Kabanov.
Harbiy xizmat rad etilgan taqdirda, u muhojirlar va ularning oilalarini Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishni taklif etyapti. Uning fikricha, bu adolatli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi.
Bundan oldin Rossiya armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklarga fuqarolik bera boshlashi xabar berilgandi.
O‘zgartirishlarga muvofiq, «Rossiya qurolli kuchlari, boshqa qo‘shinlari yoki harbiy tuzilmalarida kamida bir yil muddatga xizmat qilish uchun shartnoma tuzgan chet el fuqarolari» Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda, yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan turib olishlari mumkin.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026