Vazirlar Mahkamasining “Axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik yoki dasturiy vositalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:

  • axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalar turlari;
  • jismoniy va yuridik şaxslar axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalardan foydalaniş tartibi;
  • jismoniy va yuridik şaxslar axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalardan foydalaniş jarayonidagi majburiyatlari;
  • axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalardan qonunga xilof ravişda muomalasiga yöl qöyilgan taqdirda ularni olib qöyiş, saqlaş va yöq qiliş tartibi.

Nizom “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi qonunida belgilab berilgan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş, uşbu faoliyatni amalga oşirişga kömaklaşiş jarayoniga hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida iştirok etayotgan jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Axborotni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalar turlari:

  • akustik ma’lumotlarni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalar:
  • akustik axborotni nooşkora qabul qiliş va (yoki) qayd etiş uçun möljallangan niqoblangan simli aloqa tizimlari;
  • akustik ma’lumotlarni nooşkora qabul qiliş va (yoki) qayd etiş uçun möljallangan niqoblangan radioelektron qurilmalar;
  • akustik ma’lumotlarni nooşkora qabul qiliş va (yoki) qayd etiş uçun möljallangan niqoblangan elektron qurilmalar;

vizual ma’lumotlarni nooşkora oliş uçun möljallangan maxsus texnik vositalar:

  • asosiy qismi yaşirilib, tasvirga oluvçi qismi (nuqtasi) tuynuk orqali taşqariga çiqarilgan (pin - hole) obektivlar;

quyidagi xususiyatlardan kamida bittasiga ega kameralar:

  • uy-rözğor buyumlari yoki boşqa buyumlar sifatida niqoblangan, asosiy qismi yaşirilib, tasvirga oluvçi qismi (nuqtasi) tuynuk orqali taşqariga çiqarilgan (pin - hole) fotokameralar;