Qayd etilişiça, tumanning Guliston qişloğida yaşovçi dehqon Mirşod Boboyev hududdagi şörxok, toşloq, suv ta’minoti oğir bölgan 26 gektar ekin maydonini mas’uliyati çeklangan jamiyat uçun foydalanişga olgan. Yer ekin ekişga tayyor holatga keltirilgaç, Damaşq atirgullari köçatlari ötqazildi. 

«Damaşq atirgulidan olingan bir litr efir moyidan 26 tonna atir işlab çiqariş mumkin. Uning 4 tonna gulidan esa, 1 litr efir moyi çiqadi. Uşbu moy eksportbop mahsulot bölgani uçun u dunyo bozorida xaridorgir. Bizning özimizga ham Turkiya, Germaniyadan efir moyini xarid qiliş böyiça takliflar tuşyapti. Bir gektar maydonga ekilgan atirguldan 80 million söm sof daromad oliş mumkin. Faqat buning mehnatidan qoçmaslik kerak, unga mehr berib, parvarişlaş lozim», — deydi Mirşod Boboyev.

Tadbirkor atirguldan faqatgina efir moyi oliş bilan kifoyalanmadi. Atirgul gulidan qiyom tayyorlanib, qadoqlaş işlari yölga qöyildi. 

Mirşod Boboyev yer maydoniga Damaşq atirgulidan taşqari moyçeçak ham yetiştirmoqda. Dorivor moyçeçak böyi 15-40 smga yetadigan bir yillik öt ösimlik hisoblanadi. U keng tarqalgan bölib, asosan ötloqlarda, ekinzorlarda (begona öt sifatida), yöl yoqalarida ösadi. 

Damaşq atirguli asosan madaniylaşgan holda uçraydi. U Rossiya, Gruziya, Moldova, Tojikiston, Qirğizistonda hamda Qrimda, Kavkazortida va Krasnodar ölkasida östiriladi. Özbekistonda ham sinov tariqasida ekildi.

Atirgul moyi preparati dorilar hidi va mazasini yaxşilaş uçun işlatiladi. Uning moyi atir işlab çiqariş, parfyumeriyada qöllaniladi. 

Respublika şaroitida asosan payvand qiliş yöli bilan köpaytirişda kerakli atirgul navi bitta yoki bir neçta kurtagi avgust oyi oxirlarida payvandtagga (na’matakka) ulanadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib taşlanadi va payvandni boğlagan çipta böşatiladi. Mavsum davomida şoxçalar 4-5 marta yulib taşlanadi. Payvandli gul 15-20 sm ösgandan keyin böyiga çözilişiga va muddatidan oldin gullaşiga yöl qöyilmaydi. Buning uçun payvand gul uçi kesilib, yon şoxlari qisqartirib turiladi. Oktabr oyi oxiri - noyabr oyi boşlarida bu payvandlar töla şakllangan köçatga aylanadi. 

Atirgul köçatlari unumdor va suv bilan ta’minlangan yerlarga kuzda va bahorda ötqaziladi. Vegetatsiya davri davomida atirgul ekilgan maydon 20 martaça suğoriladi va 6 martagaça oralari çopiladi.