Şifoxonada çaqaloğini uxlatolmagani uçun uni kaltaklagan ayol voqeasi 14 iyun kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida röy bergan.

Viloyat IIB xabariga köra, ayol tumandagi “Boşqörğon” MFYda eri bilan yaşaydi, 1988 yilda tuğilgan, ruhiy soğlom.

Qiynoqqa solingan çaqaloq esa 2020 yilda tuğilgan. Ayol kasalxonaga aynan şu bolasini davolatiş uçun yotgan.

IIB axborotida ona bolasini kaltaklaganida “stress, asabiy holatda” bölgani aytiladi. Bola qanday xastalikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan şaxsni qiynaş) bilan jinoyat işi oçilgan. Buning uçun onaga 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

“Uşbu bolakay ulğayayotgan oila bilan kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar hozirda tegişli mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda belgilab olinmoqda”, dedi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati boşliği Jahongir Sa’dullayev.

Eslatib ötamiz, voqea aks etgan video internetda bugun, 16 iyun kuni tarqaldi. Videoda şifoxona palatasidagi ayol hamxonasi bilan suhbatlaşa turib, çaqaloğini uxlatişga uringani, biroq u uyquga ketavermagaç ğazab otiga minib uning boşiga bir neça marta tarsaki tuşirgani, bu bilan ham qanoatlanmay uni qattiq silkilagani va örniga otib yuborgani aks etgan.