Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylaşgan Tödaköl suv havzasi böyiça 4 yildan buyon davom etayotgan mojaro tobora çigallaşib bormoqda: Oliy sud oldingi sud qarorlarini bekor qilib, işni qayta köriş uçun Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga yubordi. Kun.uz oldinroq uşbu mavzu böyiça maqola e’lon qilgandi.

Qöldan-qölga ötgan Tödaköl

Mojaro sababi Tödakölni ijaraga oliş bilan boğliq. 2004 yilda “Shams-Navoiy” korxonasi “CASEF” jamğarmasi bilan “Aqua-Tudakul” Özbekiston-Amerika qöşma korxonasini taşkil etgan va ötkazilgan tenderda Tödaköl suv havzasini 18 yil muddatga ijaraga oliş huquqini qölga kiritgan.

“Aqua-Tudakul” qöşma korxonasining 18 yillik ijara şartnomasi 2022 yilda tugaşi kerak edi. Ammo 2018 yilda tabiiy suv havzalari doimiy ravişda tanho foydalaniş uçun “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasiga berilgaç, uyuşma Tödakölni ijaraga beriş uçun 2018 yil yanvar oyida qayta tender ötkazgan. 4 ta firma öz takliflari bilan qatnaşgan tenderda “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasi yana ğolib bölgan va “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi bilan 10 yillik şartnoma imzolagan.

Oradan qariyb 3 oy ötib, 2018 yil aprel oyida “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi şartnomani bekor qiliş va tanlov ötkaziş haqida buyruq qabul qilgan. May oyiga kelib esa qayta tender “taşkil etilgan” va Tödaköl “Golden Lake Fish” MÇJga ötgan.

“Aqua-Tudakul” MÇJ “SHAMS-NAVOI” XK va “Central Asiya Small Enterprise F” (CASEF) jamğarmasining ta’sisçiligida oçilgan. Uşbu qöşma korxona 2018 yilga qadar 14 yil davomida Tödaköl suv havzasidan foydalanib kelgan. “Golden Lake Fish” MÇJ esa tender ötkazilişidan bor-yöği 16 kun oldin, 2018 yil 7 may kuni davlat röyxatidan ötkazilgan.

Qariyb 46 mlrd sömlik zarar

Tödaköl yangi ijaraçiga berilganida unda oldingi ijaraçi – “Aqua-Tudakul” Özbekiston-Amerika qöşma korxonasi tomonidan yetiştirilgan baliq bölgan. Masalaning sud işida körilayotgan asosiy nuqtasi aynan şu. 

Da’vogar – “Aqua-Tudakul” Özbekiston-Amerika qöşma korxonasi yetkazilgan moddiy zarar miqdori 45,8 mlrd söm ekanligini, kölda baliq yetiştiriş uçun uni 2011-2017 yillarda har yili örtaça 125 tonna çavoq bilan baliqlantirganini aytmoqda. Qöşma korxona bu vajga köplab dalillar, jumladan, soliq va statistika hisobotlarini, baholaş xulosalarini taqdim etgan.