Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yaqindagina qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilgan sun’iy qoplamali stadionning tom qismi qulab tuşdi. Bu haqda Kun.uz’ning baxmallik kuzatuvçisi xabar berdi.

Tahririyatga jönatilgan foto va videolavhalarda körinişiça, stadionning tom qismi qorni kötara olmay qulagan bölişi mumkin. Bu paytda stadionda heç kim bölmagan.

“Yaxşiyam qulaganda tagida bolalar bölmagan. Milliard sömdan ortiq pul sarflandi bu stadionga. Şunça pul qayerga ketdi, hayronmiz. “Taşabbusli budjet”da yutiş uçun yonimizdan 160 mln söm sarflagandik”, deydi Kun.uz kuzatuvçisi.

Oçiq ma’lumotlarga köra, stadion tumanning Mustaqillik mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan. Loyiha “Taşabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumida 4 mingdan ortiq ovoz töplab, ğolib deb topilgan. Loyihada stadion bilan birga maktabning issiqlik tizimini yaxşilaş, ikkita filiali atrofini temir panjaralar bilan öraş ham bölgan. Loyiha uçun 1 mlrd 360 mln söm mablağ ajratilgan.

Loyiha ğolib deb topilgaç, tender orqali pudratçi taşkilot aniqlangan. Ötkazilgan tenderda 6 ta talabgor firma qatnaşgan. Şundan “Suvinshootqurilishloyiha” MÇJ eng köp ball töplab, 1 mlrd 190 mln söm taklifi bilan ğolib bölgan.

“Suvinshootqurilishloyiha” MÇJ 2008 yilda davlat röyxatidan ötkazilgan. Uning yagona ta’sisçisi Ixtiyor Muxammadiyev hisoblanadi. MÇJ ötgan yillar davlat buyurtmalari böyiça ötkazilgan önlab tenderlarda ğolib bölgan.