24 sentabr kuni Rossiyadagi safarbarlikka qarşi norozilik namoyişlarida 724 kişi qölga olindi, deb xabar berdi «OVD-Info» huquqni himoya qiliş loyihasi.

Ma’lumot berilişiça, Moskvada 333 kişi, Peterburgda 149 kişi, Novosibirskda 70 kişi qölga olingan.

Xabarga köra, mamlakatning 32 şahrida qölga olişlar amalga oşirilgan.

23 sentabr kuni Moskva prokuraturasi kelişilmagan ommaviy namoyişlarda qatnaşişga çaqiriş va qatnaşiş uçun javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgandi.

21 sentabr kuni safarbarlikka qarşi namoyişlar çoğida 39 ta şaharda kamida 1307 kişi qölga olingani xabar qilingandi.