Davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan pulli asosda foydalanish imkoni yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlar axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
“Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Platforma orqali tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar davlat idoralari ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pulli asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Nizom asosiy qoidalari: ushbu platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog‘i orqali amalga oshiriladi; platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar AKT vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi"ga so‘rov yuboradi; platformaga ulanish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi; foydalanuvchi qiziqtirgan ma’lumotni tegishli so‘rovlarni yuborish orqali oladi, har bir so‘rov uchun BHM 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda to‘lov amalga oshiriladi; platforma orqali foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom (platforma davlat organlarining idoralararo hamkorligi uchun mo‘ljallangan); davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilari o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi
O‘zbekiston | 18:00
-
Namanganning “Ibratli sudya”si xavfli retsidivist fohishaxona saqlovchini ozod qildi. Qo‘shmachi hokimning qizimi?
O‘zbekiston | 17:55
-
Xitoy Tayvan yaqinida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab, orol prezidentini «parazit» deb atadi
Jahon | 17:41
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
Mavzuga oid

11:31 / 17.03.2025
Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi

12:12 / 16.01.2025
Voronej oblastida neft bazasida dron hujumidan keyin yong‘in chiqdi

10:30 / 25.10.2024
O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar indeksida jahon bo‘yicha 30-o‘rinni egalladi

15:22 / 21.08.2024