Toşkent şahrida Litva faxriy konsulxonasi oçiliş marosimi bölib ötdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Litva taşqi işlar vaziri örinbosari Mantos Adomenas ta’kidlaşiça, faxriy konsulxona işga tuşirilişi özaro hamkorlikni kengaytiriş, ta’lim, turizm, madaniyat sohalarida, ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari örtasida yaqin aloqalarni mustahkamlaş orqali yangi imkoniyatlar oçadi.
U vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlar navbatdagi raundi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar hayotga samarali tatbiq etilişiga umid bildirdi.
22 sentabr kuni mamlakat Taşqi işlar vazirligida Özbekiston-Litva vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlari navbatdagi raundi bölib ötdi. Unda Özbekiston va Litva taşqi işlar vazirlari örinbosarlari Ğayrat Fozilov va Mantos Adomenas boşçiligidagi delegatsiyalar tomonlarni qiziqtirgan turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini muhokama qildi.












