Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 sentabr kuni elektrotexnika sanoatidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
«Sanoatda amalga oşirilayotgan modernizatsiya natijasida elektrotexnika tarmoği ham özgardi. Oxirgi beş yilda işlab çiqariş hajmi 4,5 baravar ösgan. Bu mahsulotlarning sifati oşganini, bozori borligini bildiradi.
Şu tufayli eksport ham 5 baravar köpaygan. Yil yakunigaça bu körsatkiç 750 million dollardan oşişi kutilmoqda. 2017 yilda bu tarmoqda eksportbop mahsulotlarimiz 25 ta bölgan bölsa, bu yil 200 taga yetgan. Farğona, Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridagi 11 ta korxona ilk bor taşqi bozorga çiqqan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda «Özeltexsanoat» uyuşmasi raisi Mirziyod Yunusov tarmoqdagi galdagi işlar, kelgusi yillarga möljallangan maqsadli körsatkiçlar haqida axborot berdi. Aytib ötilganidek, bugungi kunda 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Yangi mahsulotlar va ehtiyot qismlarni mahalliylaştiriş, 2023 yilda eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlab, tarmoqdagi ustuvor vazifalarni körsatib ötdi.
«Maişiy texnika işlab çiqariş köpaydi degani, bu – aholining sotib oluvçanlik qobiliyati ösdi, degani. Oxirgi yillarda elektrotexnika sanoatimiz «qayta tuğildi». Endi uni yanada rivojlantirib, işlab çiqarişni köpaytiriş, yuqori qöşilgan qiymat yaratiş kerak. Pirovard maqsad – iş örni», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Tahlillarga köra, jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkaziş mumkinligini körsatmoqda. Şuningdek, yurtimizda 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor. Bu imkoniyatlardan munosib uluş oliş uçun mahsulot, avvalo, sifatli va taniqli bölişi kerak.
Şu bois prezident yangi mahalliy brendlar yaratiş va xorijiy brendlarni olib keliş, mahsulotlarni şunga muvofiq sifatli qilib, xaridorlar işonçini qozoniş zarurligini ta’kidladi.
Mamlakatimizda va atrofimizdagi bozorlarda yarim ötkazgiç va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni taşkil etadi. Şu bois bunday korxonalarni köpaytiriş, elektronika va mikroelektronika yönalişida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalaştiriş vazifasi belgilandi. Maişiy texnikalarni markirovkalaş, eksportni suğurtalaş va kreditlaşni kengaytiriş böyiça körsatmalar berildi.


















