Pink Floyd musiqaçisi va asosçisi Rojyer Uoters Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oçiq xat yöllab, Ukrainadagi uruşni tugatişga çaqirdi. U öz murojaatini 26 sentabr, duşanba kuni Facebook'dagi sahifasida e’lon qildi.

«Mendan sizga xat yozişimni söraşyapti. Birinçidan, uruş tugaşini xohlaysizmi? Agar «Ha» deb javob bersangiz, bu vazifani darhol sezilarli darajada osonlaştiradi», deb yozgan Uoters. Uning sözlariga köra, agar Putin «Rossiyaning Qrim, Donetsk va Luhansk rusiyzabon aholisi xavfsizligidan boşqa hududiy manfaatlari yöqligini» aytadigan bölsa, bu uruşni tugatişga yordam beradi.

«Men ba’zi odamlarni bilaman, ular siz Polşa va Boltiqböyi boşqa davlatlaridan boşlab butun Yevropani egallab olmoqçisiz, deb öylaydi. Agar şunday bölsa, sizga boşqa gapim yöq. Hammamiz Atlantika okeanining ikki tomonidagi qirğiylarga juda qulay bölib tuyulgan öta xavfli yadroviy öyinni öynaşni töxtatişimiz lozim. Şunçaki bir-biringizni va dunyoni parçalab taşlang. Muammo şundaki, mening bolalarim va nevaralarim bor. Dunyo böylab köplab aka-uka va opa-singillarim kabi, bunday yakun heç birimizga yoqmaydi», deb yozgan Uoters.

Musiqaçining qöşimça qilişiça, Ukraina bilan tinçlik bitimi tuzilsa, Rossiya boşqa joyni bosib olmaslikka va’da berişi kerak. «Men bilaman, AQŞ va NATO boşqa suveren davlatlarga köz oçib yumgunça yoki bir neça barrel neft uçun bostirib kirişadi, lekin bu siz ham şunday qilişingiz kerak, degani emas. Ukrainaga bostirib kirganingiz meni hayratda qoldirdi, bu dahşatli bosqinçilik uruşi», deb yozadi u.

Avgust oyida Uoters AQŞ prezidenti Jo Baydenni Ukrainada uruş boşlaganlikda ayblab, «Ukrainada olov qözğatgani» uçun «harbiy jinoyatçi» deb atagan edi. U, şuningdek, uruş asosan Rossiya çegaralariga yaqinlaşib qolgan NATO harakatlariga Moskvaning munosabati bilan boğliq, degan fikrni bildirgandi.

Sentabr oyida musiqaçi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskayaga ikkita oçiq xat yozib, uni erini «töğri iş qilişga» majburlab, Rossiya bilan muzokaralar olib borişga undagan.

Zelenskaya bunga javoban Uotersga «Rossiya Ukrainaga hujum qildi, şaharlarni vayron qildi va odamlarni öldirdi», deb eslatgan.

«Ukrainaliklar öz vatanlarini va farzandlarining kelajagini himoya qilmoqda. Agar biz jang qilişdan boş torsak, ertaga yöq bölamiz. Agar Rossiya jang qilişdan boş torsa, uruş tugaydi. Boşqa davlat prezidentidan tinçlik söraşingiz kerak», - deb yozgan Zelenskaya.