Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 sentabr kuni Ukrainaning egallab olingan hududlari Rossiya tarkibiga qöşilganini rasman e’lon qilişi mumkin. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 27 sentabr, seşanba kungi kunlik hisobotiga köra, Putinning Federal majlis ikkala palatasiga murojaati öşa kunga rejalaştirilgan va Rossiya prezidentida bundan anneksiyani rasman e’lon qiliş uçun foydalanişga «haqiqiy imkoniyat» mavjud.

Ukrainaning Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan hududlarida 27 sentabr kuni Rossiya tarkibiga qöşiliş böyiça «referendum» deb nomlangan ovoz berişning sönggi kuni ötkazildi. Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporijjya oblastlari aholisi Moskva vaqti bilan soat 16:00 ga qadar öz hududlarini Rossiya tarkibiga qöşiş taşabbusiga munosabat bildiriş imkoniyatiga ega. 

Kuzatuvçilar bu «referendumlar»ni xalqaro huquqning buzilişi sifatida tanqid qilmoqda. Jahon hamjamiyati ularning natijalarini tan olmayapti, ovoz beriş Ukraina va xalqaro qonunlarga zid ravişda ötkazilmoqda va minimal demokratik standartlarga javob bermaydi. 

Egallab olingan Luhansk oblastida rossiyaparast hokimiyat Alçevskning YaÖRTdan öqqa tutilgani haqida xabar berdi. Biroq okkupatsion ma’muriyat barça saylov uçastkalari oçiqligini ta’kidladi. 

Bir neça kundirki, Rossiya televideniyesi Ukrainaning egallab olingan tumanlari aholisining Rossiyaga qabul qilinişi kutilayotganidan xursandligini körsatmoqda. Şu bilan birga, mustaqil matbuot odamlar bosim ostida va qurol öqtalgani tufayli ovoz berişga majbur bölyapti.

«Referendum» natijalari, ehtimol, 27 sentabr kuni keçqurun e’lon qilinadi. Rossiyaga qöşiliş taşabbusini ma’qullaş 80-90 foiz darajasida e’lon qilinişi kutilmoqda. Şundan söng ayirmaçilar yetakçilari Putindan bosib olingan hududlarni Rossiya tarkibiga kiritişni rasman söraşadi. Kreml allaqaçon buni imkon qadar tezroq körib çiqiş mumkinligini bildirgan. 

«Referendumlar» boşlanişidan oldin Putin, agar Kiyev Rossiyaga qöşib olingan Ukraina hududlarini öqqa tutişda davom etsa, bu Rossiya hududiga qilingan hujum sifatida baholanişi va Moskva bunga javoban öz qölidagi barça vositalardan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.