Qozoğiston hukumati safarbarlikdan qoçgan rossiyaliklarni çiqarib yubormaydi. Bu haqda 27 sentabr, seşanba kuni Qozoğiston içki işlar vaziri Marat Axmetjanov bayonotiga asoslanib, Orda naşri xabar berdi. Unga köra, Qozoğiston rossiyaliklarni topşirişi mumkin, biroq bu jinoyat sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilganlargagina tegişli böladi.
«Agar ularni harbiy komissarliklar qidirsa, bu - topşiriş uçun qonuniy asos böla olmaydi», — dedi Axmetjanov.
Öz navbatida, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyada Ukrainaga qarşi uruş fonida e’lon qilingan «qisman safarbarlik» tufayli mamlakatga Rossiya fuqarolarining ommaviy ravişda kelayotgani töğrisida ma’lum qildi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 27 sentabr, seşanba kuni Turkiston viloyati jamoatçiligi bilan uçraşuvda aytib ötdi.
«Sönggi kunlarda Rossiyadan bizga köplab odamlar kelyapti. Ularning aksariyati hozirgi umidsiz vaziyat tufayli ketişga majbur bölgan. Biz ularga ğamxörlik qilişimiz, xavfsizligini ta’minlaşimiz kerak. Bu siyosiy va gumanitar masala. Men körsatma berdim. Hukumat zarur çoralarni körsin», — dedi Qozoğiston prezidenti.
Töqayevning sözlariga köra, hozirgi vaziyatda Qozoğiston fuqarolari insonparvarlik, sabr-toqat körsatişi kerak. «Bizda inqiroz ham, vahima ham yöq. Xorijdan kelgan mehmonlarga yordam körsatiladi, biroq ularga imtiyoz berilmaydi. Barça işlar qonun va öz majburiyatlarimiz asosida amalga oşirilişi kerak. Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib boramiz va bu muammoni mamlakatimiz manfaatlaridan kelib çiqib hal qilamiz», dedi u.
21 sentabr kuni Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan söng, Qozoğiston Ukrainaga qarşi kuraşmoqçi bölmagan rossiyaliklarning mamlakatni tark etişi böyiça asosiy yönalişlaridan biriga aylandi. Qozoğiston Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 21 sentabrdan buyon Rossiyaning 98 mingga yaqin fuqarosi mamlakatga kirib kelgan, 64 ming rossiyalik esa Qozoğistonni tark etgan.













