Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar sonida 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar – 49 272 nafarni, erkaklar – 1 753 nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 20-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 98 619 nafarga, erkaklar – 134 500 nafarga teng bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan yosh guruhlarida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- 31-40 yoshgacha, ayollar – 13 740 nafar, erkaklar – 19 611 nafar;
- 41-50 yoshgacha, ayollar – 2 923 nafar, erkaklar – 5 740 nafar;
- 51 yosh va undan kattalar, ayollar – 922 nafar, erkaklar – 3 872 nafar.










