Rossiyada Ukrainaga qarşi uruşda e’lon qilingan «qisman safarbarlik» fonida Latviya hukumati Rossiya bilan çegaradoş hududlarda favqulodda holat joriy qilmoqda. Riga hukumati saytida 27 sentabr kuni joylaştirilgan press-relizga köra, favqulodda çoralar 28 sentabr, çorşanba kuni uç oy muddatga kuçga kiradi.
Hujjatga köra, favqulodda holat Aluksne, Balvi va Ludza hududida, şuningdek, portlar, aeroportlar, çegara ötkaziş punktlari va temiryöllarda joriy etilgan. Xabarda qayd etilişiça, ayni damda Latviya-Rossiya çegarasida vaziyat barqaror, osoyişta va qattiq nazorat ostida, biroq rossiyaliklarning keskin oqib kelişi xavfi mavjud.
«Çegarani noqonuniy kesib ötişga urinişlarning oldini oliş uçun kuçaytirilgan nazorat örnatilgan. Biroq, qisqa vaqt içida muhojirlar soni köpayişi kuzatilganida, çegaraçilar zudlik bilan qöşimça resurslarni jalb qilişi kerak - davlat politsiyasi, davlat xavfsizlik xizmati va milliy qurolli kuçlar. Bunda, çegarada favqulodda holat e’lon qiliş lozim. Vaziyatning keskinlaşişini kutmasdan, oldindan ehtiyot çoralarini körişimiz şart», — dedi Latviya içki işlar vaziri Kristaps Eklons.
Hukumatning ta’kidlaşiça, faqat 19 sentabrdan kuçga kirgan yangi mezonlarga javob beradigan rossiyaliklar Latviyaga kiritiladi. «19 sentabrdan hozirgi kunga qadar 57 nafar Rossiya fuqarosiga kiriş taqiqlangan. Birorta ham Rossiya fuqarosi Latviya çegarasini sayyoh sifatida kesib öta olmaydi. Davlat çegara xizmati nazoratni kuçaytirdi, jumladan, barça şaxslarni sinçiklab tekşiryapti», deyiladi ma’lumotda.
1 sentabr kuni Pragada bölib ötgan norasmiy uçraşuvda Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlari Rossiya va YeI örtasida vizalar berişning soddalaştirilgan tartibi haqidagi kelişuvni töxtatib turişga kelişib oldi. Bu - viza olişni uzoqroq, qiyinroq va qimmatroq qildi. Şuningdek, Rossiya bilan çegaradoş davlatlar Rossiya fuqarolarining kirişini milliy darajada çeklaşi mumkinligi haqida qaror qabul qilindi.
Şundan söng, Polşa, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa ittifoqiga taşrif buyurişidan maqsad turizm, biznes, sport yoki madaniyat bölgan Rossiya fuqarolarining kirişiga muvofiqlaştirilgan tarzda çeklovlar joriy etişga kelişib oldi. Istisnolar faqat yuk maşinalari haydovçilari, diplomatlar va gumanitar sabablarga köra çegarani kesib ötganlar, jumladan dissidentlar uçun amal qiladi. Rossiyadagi safarbarlik fonida Latviya safarbarlikdan qoçgan rossiyaliklarga gumanitar va boşqa vizalar bermasligini e’lon qilgan.













