27 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura-quriliş sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot ötkazildi.

Rasmiy relizga köra, oxirgi yillarda qurilişlar kölami oşgan bölsa ham, soha böyiça ta’lim va ilm bundan ança ortda qolmoqda. Institutlardagi öquv dasturlari eskirgan. Öqitiladigan fanlar soni çet eldagidan ham köp, sifati unday emas. Ta’lim jarayoniga amaliyotçi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmagan. Zamonaviy fikrlaydigan injyener-konstruktorlar yetişmayapti.

Prezident şu yil 6 iyul kungi selektorda sohadagi OTMlarni transformatsiya qiliş zarurligini aytgan edi. Taqdimotda Toşkent va Samarqanddagi arxitektura institutlarining öquv dasturlarini isloh qilib, ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib çiqiş çoralari muhokama qilindi.

Mutasaddilar bu institutlarning öquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş, yangi fakultetlar taşkil etiş, ta’lim va işlab çiqarişni uyğunlaştiriş, ilmiy faoliyatni takomillaştiriş rejalarini bayon qildi.

Prezident bu takliflarni ma’qullab, ustuvor vazifalarni körsatib ötdi. Avvalo, bakalavr yönalişlari sonini qayta körib çiqib, fanlarni zamonaviy şaharsozlik va texnologiyalarga moslaştiriş zarurligi ta’kidlandi. Öqituvçilar uçun malaka talablari va bitiruvçilarning kompetensiyalarini oşiriş böyiça tavsiyalar berildi.

Institutlarga xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etiş, şuningdek, mahalliy professor-öqituvçilarni çet elga ilmiy stajirovkaga yuboriş muhimligi qayd etildi. Bu borada Toşkent arxitektura-quriliş instituti Istanbul texnika universiteti bilan, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti Yildiz texnika universiteti bilan ta’lim hamkorligini yölga qöyadi.

Ta’lim va amaliyot uyğunligini ta’minlaş maqsadida har bir kafedraga işlab çiqaruvçi korxonalarni biriktiriş, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi taşkil etiş böyiça körsatma berildi. Ularda energiya tejamkor quriliş materiallari yaratiş, yetakçi kompaniyalar bilan mahorat darslari va amaliy treninglar ötkaziş, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlaştiriş mumkin böladi.

Şuningdek, ilğor muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi taşkil etilişi belgilandi.