Polşaning Golenyuv şahrida Norvegiyadan Polşa, Daniya va qöşni davlatlarga gaz yetkazadigan Baltic Pipe gaz quvurining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda 27 sentabr, seşanba kuni Yevrokomissiya saytida xabar berildi.

Yangi gaz quvurida har yili Norvegiyadan Polşaga 10 milliard kub metrgaça gaz importi va Polşadan Daniyaga 3 milliard kub metr gazni olib ötiş rejalaştirilmoqda, deb xabar berdi Yevrokomissiya. 2022 yilning 1 oktyabriga gazni quyişni boşlaş rejalaştirilgan.

Daniyaning Energinet energetika kompaniyasi gaz quvuri noyabr oyi oxirigaça töliq quvvat bilan işlay olişini bildirdi.

«Baltic Pipe quvuri mintaqadagi ta’minot xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan asosiy loyiha va Yevropa ittifoqining gaz manbalarini diversifikatsiya qiliş siyosati natijasidir. Quvur joriy energetika inqirozi oqibatlarini yumşatişda muhim rol öynaydi», - dedi energetika böyiça yevrokomissar Kadri Simson.

«Rossiyaning gaz sohasida hukmronlik davri yakunlanmoqda. Şantaj, tahdid va tovlamaçilik bilan ajralib turadigan davr», - dedi Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy Euronews'ga oçiliş marosimida bergan intervyusida.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanişidan oldin Rossiyadan gaz Yevropaga «Şimoliy oqim» gaz quvuri orqali yetkazilgan. Bundan taşqari, Rossiyadan Germaniyaga «Şimoliy oqim-2» gaz quvuri qurib bitkazildi va işga tuşirişga tayyorlandi. U işga tuşirilmadi, Germaniya Rossiyaning özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ni tan olişiga javoban sertifikatlaş jarayonini töxtatdi.

Uruş boşlanganidan söng, «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib beriş davom etdi, Rossiya u orqali gaz oqimini dastlab qisqartirdi, keyin yagona işlaydigan turbinaning işlamay qolganligini aytib, butunlay töxtatdi. Yevropa Rossiya gazdan şantaj uçun foydalanmoqda, deya ma’lum qildi.

Sentabr oyining oxirida Boltiq dengizi tubi böylab ötadigan ikkala gaz quvurida ham sizib çiqiş yuz berdi, natijada ulardagi bosim nolga tuşib ketdi. Şvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar sizib çiqqan hududda kuçli suvosti portlaşlarini qayd etgan. Sizib çiqiş sabablari hali aniqlanmagan, ammo ba’zi dalillar sabotaj ehtimolidan dalolat beradi, dedi Daniya va Germaniya huquq-tartibot idoralaridagi dpa manbalari.