Xalq deputatlari Yangiyer şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev, şahar Kengaşi deputatlari, viloyat va şahar sektorlar rahbarlari, korxona va taşkilotlar vakillari iştirok etayotgan sessiya işida taşkiliy masala körib çiqildi.
Ğofurjon Mirzayev Yangiyer şahrining sobiq hokimi haqida fikr bildirdi. Şaharga 2016 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Elyor Xöjayev 2022 yil iyulida vafot etgandi.

«Rahbarga eng avvalo xalq baho beradi. Elyor Xöjayev ham yomon faoliyat olib bormadi. Şaharni obodonlaştiriş, aholining turmuş farovonligini oşiriş yölida közga taşlanarli işlar qildi. Eng muhimi talabçan va harakatçan, mulohaza bilan iş köradigan, uzoqni köra oladigan yoş rahbarlardan biri edi. Lekin umri qisqa ekan», dedi viloyat hokimi.
Viloyat hokimi 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Otabek Ural öğli Nosirov nomzodini Yangiyer şahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

O.Nosirov 1976 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Jizzax politexnika institutini, 2007 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
«Otabek Nosirov viloyat hokimi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy işlar amalga oşirdi.
Töplagan iş tajribasi orqali Yangiyer şahrining drayver yönalişlarini yaxşi biladi, şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça astoydil mehnat qiladi degan umiddamiz», - deya işonç bildirdi Ğofurjon Mirzayev.











