17:46 / 28.09.2022
6279

Yevroparlament Free Navalny global kampaniyasini qo‘llab-quvvatlaydi

«Biz uchun Rossiya bu - Navalniy, Magnitskiy, Nemsov», dedi Yevroparlament raisi Roberta Metsola Bryusselda Yuliya Navalnaya va Leonid Volkov bilan uchrashuvdan keyin.

Foto: EP

Yevroparlament raisi Roberta Metsola 28 sentabr, chorshanba kuni Bryusselda rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya va uning hamkasbi Leonid Volkov bilan uchrashdi. Metsola ular bilan yopiq eshiklar ortida ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz o‘tgan suhbatni o‘ta konstruktiv deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy jamoasi Free Navalny global kampaniyasini uyushtirmoqda, Yevropa parlamenti uni to‘liq ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

«Rossiya biz uchun bu - Navalniy, Magnitskiy, Nemsov - uning qo‘rqmas fuqarolari. Biz Yuliya Navalnaya bilan birgalikda ular xotirasi va Aleksey Navalniyning ozodligi uchun kurashni davom ettiramiz», - deya ta’kidladi YeI parlamenti spikeri. 

Uchrashuvda, shuningdek, Rossiyadagi repressiyalar va Ukrainaga hujum uchun javobgar shaxslarning sanksiya ro‘yxatini kengaytirish zarurati muhokama qilindi. Yevroparlament Ukrainaga bu urushda g‘alaba qozonishga yordam beradigan qonunlar va qarorlar qabul qilishda davom etadi, deya ishontirdi Roberta Metsola. 

2021 yilda Aleksey Navalniy fikr erkinligi uchun Yevropa parlamenti tomonidan berilgan 2021 yilgi Saxarov mukofotini qo‘lga kiritdi. Qattiq rejimli koloniyada saqlanayotgan muxolifatchi uchun mukofotni uning qizi Darya oldi. 

Mavzuga oid
Top